Alisher Navoiy asarlariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi 

Saqlash
21:53 / 23.11.2021 1122 0

Bugun,  23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning 580-yilligiga bag‘ishlab "Mir Alisher Navoiy va asarlari paneli” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. 

 

U Turkiyadagi Yunus Emro instituti, Yevroosiyo Turk jamiyati federatsiyasi, “Bilga turk” ta’lim madaniyat vaqfi mutavalli hay’ati, Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Istanbul universiteti, Gazi universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 

 

Simpoziumni universitet rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi va Navoiy merosi haqda so‘zlab o‘tdi. Shundan so‘ng,  Yevroosiyo Turk jamiyati federatsiyasi raisi o‘rinbosari Akbar Yassa,  Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Ugurgan Kush, Bursa parlament vakili Osman Mestan, Izmir tumani hokimi Yusuf Ziya Chelekkiya, Yunus Emro instituti Turk tilini o‘rgatish bo‘limi direktori Yavuz Kartallio‘g‘li, Bilga turk Ta’lim madaniyat vaqfi mutavalli hay’at vaziri Gungo‘r Azim Tuna-Vali so‘zga chiqdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiy asarlari taqdimoti hamda miniatyuralar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Hamkor tashkilotlar tomonidan Navoiy asarlariga ishlangan miniatyuralar  universitetga  sovg‘a qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//