Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Saqlash
21:48 / 31.05.2023 1238 0

2023-yil 28-may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida, haydovchi 1996-yilda tug‘ilgan Sh.M. Cobalt rusumli, davlat raqam belgisi 60 K 985 VA bo‘lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan Sh.Q.ga tegishli "Vaz-2105" rusumli, davlat raqam belgisi 01 Q 819 VB bo‘lgan avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.

 

YTH natijasida 2 nafar piyoda (2000-yilda tug‘ilgan S.Yu. va 2001-yilda tug‘ilgan A.K.) hamda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisiga tan jarohati olganligi sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq piyoda 1997-yilda tug‘ilgan A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//