Ikki shaharda o‘qishga kiritishni va’da bergan firibgarlar ushlandi

Saqlash
20:57 / 31.05.2023 1260 0

Toshkent hamda Farg‘ona shaharlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, ulardan pul undirgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, poytaxtning Yangihayot tumanida fuqaro S.I. fuqaro M.A.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan. Firibgar evaziga 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Farg‘ona shahrida fuqaro M.S. va Marg‘ilon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kadrlar bo‘yicha inspektor M.Sh. fuqaro F.A.ni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//