Jamiyat
Oʻzbekistonda 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam boʻlmagan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan nogiron farzandi bor ota-onaning biriga haq toʻlagan holda oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilishi qonunda nazarda tutilgan.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa mavjud boʻlganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ham beriladi.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani parvarishlashda band boʻlgan ona kasal boʻlib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band boʻlgan ishlayotgan boshqa oila aʼzolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilishi taʼkidlangan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q