Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga Energetika vazirligi bilan birgalikda 1-sentyabrgacha yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini ishlab chiqish va Prezident administratsiyasiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu davlat rahbarining 24-maydagi farmonida ko‘zda tutilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga “isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishini taʼminlash maqsadida” tizimning har bir xodimining masʼuliyatini oshirish topshirildi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini kuchaytirishi belgilandi.
Departamentga qo‘shimcha ravishda O‘zenergoinspeksiya bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida ajratilgan byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining, shuningdek, O‘zbekiston kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarining maqsadli sarflanishini o‘rganib borish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q