Jamiyat
Oʻzbekistonda 1-iyundan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qator tartib va cheklovlar bekor qilindi. Bu borada Prezident farmoni imzolangan edi.
Shunga koʻra, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 41, 65−67-moddalari talablaridan kelib chiqib, 1-iyundan chakana savdo va xizmat koʻrsatish obektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinmoqda.
Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi bekor boʻladi.
Advokatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etiladi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab, maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q