Jamiyat
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023/2024-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich:
maktablarning 1–4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualar joriy etiladi;
baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda oʻquvchining oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil koʻnikmalari baholanadi;
boshlangʻich sinflarda informatika, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari oʻtiladi;
barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
Bunda 2023/2024-oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.
2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashtiriladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q