Jamiyat
Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi Oydin Hojiyeva xotirasiga bagʻishlab “Bir hovuch nur qoʻshgan ismimga xalqim!” nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ilm va ijod ahli, shoiraning yaqin qarindoshlari, shogirdlari, doʻstlari, viloyat faollari, ijodkorlar va jurnalistlar ishtirok etdi.
Mehmonlar Oydin Hojiyevaning bolaligi oʻtgan xonadonda shoirani eslab, uning ijodi, hayot yoʻli hamda oʻziga xos insoniy fazilatlari, xalqimizning maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirishda qoʻshgan ulkan mehnatlarini eʼtirof etdi, uning qilgan ezgu ishlari yodga olindi.
Shundan soʻng Karmana tumanida shoira xotirasiga bagʻishlab ehson dasturxoni yozildi. Tadbirda Oydin Hojiyeva xotirasiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.
Tadbir oxirida Oʻzbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyevaning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan “Bir hovuch nur qoʻshgan ismimga xalqim” nomli videorolik namoyish etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q