Siyosat
Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 30-may kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari IV Syezdida Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturi tasdiqlandi.
11-may kuni boʻlib oʻtgan plenumda partiya markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Abdushukur Hamzayevni Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga nomzod etib koʻrsatish boʻyicha qaror qabul qilingandi.
Nomzodning Saylovoldi dasturida Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishga qaratilgan bir qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yoʻnaltirilgan “Yashil Oʻzbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish, “Yashil viza” dasturini joriy etish, tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga oʻtish indeksi”ni ishlab chiqish, yuk tashishni yirik mashinalardan temiryoʻllarga oʻzgartirishga qaratilgan choralar shular jumlasidan.
Ijtimoiy sohada davlat stomatologik klinikalarini rivojlantirish, shaharlar bosh rejalarini tuzishda kamida 30 foizli yashil maydonlar yaratish talabini mustahkamlash, shaharsozlik faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, normativ hujjatlarni qabul qilishda atrof-muhitga taʼsirini baholash tizimini joriy etish, bir martalik ishlatiladigan plastik va polietilen tarkibli idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish, elektron sigaretlarni mamlakatga olib kirishni taqiqlash, 2030-yildan boshlab mamlakatda ichki yonuv dvigatelli yengil avtomobillar sotishni hamda chetdan olib kirishni taqiqlash kabi tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Bundan tashqari, barcha tizimdagi davlat idoralari faoliyatida, tenderlarda, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni kengaytirish choralarini kuchaytirish, maʼmuriy organlar tomonidan jarima qoʻllashni qisqartirib, sudlarga kengroq vakolat berish, yoʻl harakati xavfsizligini faqat qonun asosida tartibga solishni yoʻlga qoʻyish ham taklif etilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q