Siyosat
Oʻzbekistonda hokimlar kengash oldida, xalq oldida hisobdor boʻlgan tizim joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, mol-mulk va yer soliqlari mahallada qolishi hisobiga, mahalla byudjetida yiliga 3 trillion soʻm mablagʻ paydo boʻladi.
Kelgusi yilda “Ochiq budjet”ga beriladigan mablagʻ 3 karra oshirilib, 24 trillion soʻmga yetkaziladi. Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.
“Biz ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, fuqarolarning axborot olish, foydalanish va tarqatishga boʻlgan huquqlarini qatʼiy kafolatlaymiz.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qoʻllab-quvvatlab, ular uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Bizning maqsadimiz aniq va oʻzgarmasdir – demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlini milliy taraqqiyotga erishishning yagona toʻgʻri yoʻli deb hisoblaymiz”, dedi Prezident.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110957
Jamiyat
94492
Jamiyat
90421
Jamiyat
74430
Jamiyat
//
Izoh yo‘q