Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sirdaryo viloyatida Zamira Toʻychiyeva ismli yosh qizaloq maktabdan qaytishda daryodan qayiq orqali suzib oʻtayotgani aks etgan video koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi.
Shundan soʻng Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmal Mahmudaliyev qizning onasi bilan uchrashgandi. Shuningdek, hokimning tegishli koʻrsatmasi bilan hokimiyat masʼullari, viloyat FVB boshligʻi, Bekobod tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar qizning xonadonida boʻlgan.
Hokimlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, endi qiz maktabga borishi uchun daryo kechib oʻtishi shart emas. Viloyat hokimining taklifiga koʻra, Zamira yangi oʻquv yilidan boshlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yoʻnalishida oʻqishni davom ettiradigan boʻldi.
Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan taʼminlanadi. Shuningdek, boʻsh vaqtlarida unga “Yoshlar markazi”da dasturlash hamda IT-sohasini oʻrganishi uchun sharoit yaratib berilishi maʼlum qilingan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111035
Jamiyat
94509
Jamiyat
90450
Jamiyat
74504
Jamiyat
//
Izoh yo‘q