“O‘zgidromet” 31-may uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Saqlash
17:29 / 30.05.2023 1063 0

“O‘zgidromet” 31-may, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.



Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, cho‘l hududlarda 23-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.



Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.



Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.



Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.



Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//