Jamiyat
Musulmonlar idorasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan juma tabrigi, Qur’oni Karim oyatlari, payg‘ambar alayhissalom hadislari, ulamolar va imom-domlalarining mav’izalarini tarqatish mumkin emasligi aytilgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Idora aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqarishini bildirarkan, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonunga asosan, e’tiqod erkinligi kafolatlanganini eslatib o‘tdi.
“Shunga ko‘ra, fuqarolar dinga e’tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining ta’limotlarini o‘rganish haq-huquqiga ega hisoblanadi. Musulmonlar idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Tashkilot diniy-ma’rifiy mazmundagi barcha ma’lumotlarni mutolaa qilish hamda yaqinlariga ulashish mumkinligini qayd etib, rasmiy va ishonchli bo‘lgan sahifalar ro‘yxatini keltirdi.
“Eslatma shuki, buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda hoh juma tabrigi bo‘lsin, hoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanadi”, — deya ogohlantirdi Musulmonlar idorasi va fuqarolarni ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Avvalroq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q