Nodirbek Abdusattorov Norvegiyadagi superturnirning blits yoʻnalishida birinchi oʻrinni egalladi

Saqlash
10:05 / 30.05.2023 995 0

Kuni kecha, 29-may kuni Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli “Norway Chess” turniri boshlandi.

 

Mukofot jamgʻarmasi 2 500 000 Norvegiya kronasini (taxminan 225 ming AQSh dollari) tashkil etuvchi mazkur turnirda oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

 

Hamyurtimiz kecha turnirning blits yoʻnalishida birinchi oʻrinni egalladi.

 

Abdusattorovning kecha qayd etgan natijalari:

 

(birinchi sportchi oq, ikkinchi sportchi qora donalarda)

 

1-tur: Shaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) — Nodirbek Abdusattorov — 0,5:0,5

2-tur: Xikaru Nakamura (AQSh) — Nodirbek Abdusattorov — 1:0

3-tur: Nodirbek Abdusattorov — Fabiano Karuana (AQSh) 1:0

4-tur: Magnus Karlsen (Norvegiya) — Nodirbek Abdusattorov 1:0

5-tur: Nodirbek Abdusattorov — Aryan Tari (Norvegiya) 1:0

6-tur: Uesli So (AQSh) — Nodirbek Abdusattorov 0:1

7-tur: Nodirbek Abdusattorov — Alirizo Firudja (Fransiya) 0,5:0,5

8-tur: Anish Giri (Niderlandiya) — Nodirbek Abdusattorov 0:1

9-tur: Nodirbek Abdusattorov — Gukesh (Hindiston) 1:0

 

Bugun, 30-maydan musobaqada klassik bahslar boshlanadi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish