Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan sodir etilgan YTH oqibatida bir kishi vafot etib, yana biri nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsa, jazo tayinlanmagani haqida xabar tarqaldi. Holatga Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha 2022-yil 10-dekabrda Asaka tuman prokuraturasi tomonidan viloyat IIB YHXB xodimi M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Tergov natijasiga ko‘ra, ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi 2023-yil 10-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudi muhokamasiga yuborilgan.
Sudda ayblanuvchi E.M. va uning himoyachilari tomonidan dalillarni nomaqbul deb topish to‘g‘risida iltimosnoma keltirilib, o‘tkazilgan dastlabki eshituv yakuniga ko‘ra, sudning 28-apreldagi ajrimi bilan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilgan.
O‘z navbatida ayblanuvchi E.M.ning apellyatsiya shikoyati asosida jinoyat ishi 3-may kuni viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilib, 4-may kuni sudning ajrimi bekor qilingan va qayta ko‘rib chiqish uchun sudga qaytarilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra, 8-maydagi ajrim asosida iltimosnoma qanoatlantirilib, protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun tuman prokuraturasiga qaytarilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Asaka tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q