Jamiyat
Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorlikka turli sabablarga ko‘ra 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgani sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa 9” arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd so‘mlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd so‘mlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd so‘mlik, “Xo‘ja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln so‘mlik va “Tepa-5” yodgorligiga 202 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Xabarda yodgorliklarga zarar keltirgan shaxslar yoki tashkilotlar haqida maʼlumot berilmagan.
Buxoro viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Konstitutsiyada fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shartligi qayd etilgan. Ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Tarixiy, madaniy meros obektlariga nisbatan har qanday holatda noqonuniy zarar yetkazish aybdorlarni javobgarlikdan ozod etmaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q