Jamiyat
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi poytaxtdagi bog‘chalarning birida bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, pedagogika kolleji o‘quvchisi R.M. amaliyotini o‘tash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 11-may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.
26-may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamagani sababli ikki—uch nafariga igna tiqib olganini ma’lum bo‘lgan. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Sizning farzandingiz ta‘lim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlar qayd etilayotganiga duch kelsangiz Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi ishonch telefoni — 71-2370893 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110044
Jamiyat
94306
Jamiyat
90166
Jamiyat
73481
Jamiyat
//
Izoh yo‘q