Toshkentning uch tumanida suv o‘chadi

Saqlash
14:31 / 29.05.2023 980 0

«Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ ayrim tumanlarda iste’molchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, bugun 29 may soat 09.00 dan 30 may soat 09.00 gacha:

 

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha Urug‘chilik markazi, Milliy bog‘, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo‘shqin, Sog‘lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko‘chalarida, Anay buloq ko‘chasi ko‘p qavatli uyda, Texnika Xafsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy Akademiyasida;

 

Sergeli tumani bo‘yicha «Nog‘oyqo‘rg‘on», «Yuqori Darxon», «Belariq», «Pastdarxon» mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;

 

Yangihayot tumani bo‘yicha «Do‘stlik», «Charag‘on», «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Toshkent», «Chortoq», «Chorbog‘», «Yorqin hayot», «Olchazor», «Qipchoq», «Yo‘ldosh», «Yangi Choshtepa», «Choshtepa», «Iqbol», «Fayzli» mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonasida, 1-sonli tug‘ruqxonasida, tuman Xokimiyati va Prokuraturasida suv bo‘lmaydi.

 

Suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//