Guliston tumanida Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi

Saqlash
17:05 / 26.05.2023 1672 0

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi.

 

Maskanning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Akmaljon Mahmudaliyev, nuroniylar, yoshlar, ziyolilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

Soʻzga chiqqanlar maskan ijodkor yoshlar uchun muloqot maydoni boʻlib, undagi qulaylik va imkoniyatlar maʼnaviy-maʼrifiy sohani yangi bosqichga olib chiqishini taʼkidlashdi.

 

 

 

“Maʼnaviyatli boʻlish insonga xos fazilatdir. Demak, insonlarni, ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonning yoshlari yuksak maʼnaviyatli, yuksak bilimli, yuksak didli, yuksak aqlli, bilimli, yetuk mutaxassis boʻlishi zarur, — dedi viloyat hokimi oʻz nutqida. — Oʻz navbatida ushbu maskan ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonaman.

 

 

Maʼnaviyat maskanida ijodkor va kitobxonlar uchun kutubxona, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi uchun xizmat xonalari mavjud boʻlib, barcha sharoitlar yaratilgan.

 

 

 

Shuningdek, kirish qismiga ibratli soʻzlar tushirilgan bannerlar, respublika va viloyat hududlaridan yetishib chiqqan allomalar, shoir va yozuvchilar hayoti hamda faoliyati haqida maʼlumot beruvchi kompozitsiya joylashtirilgan.

 

Qayd etish kerak, soʻnggi ikki yilda viloyatning Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari hamda Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida ham ana shunday Maʼnaviyat maskanlari tashkil etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish