Jahon
Milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi miyaga chiplarni implantatsiya qilish boʻyicha odamlarda klinik sinovlar oʻtkazish uchun AQSHning tartibga soluvchi idorasining ruxsatini oldi.
Taʼkidlanishicha, AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika sifati boʻyicha sanitar nazorat boshqarmasi (FDA)ning ijobiy qarori qabul qilingandan soʻng Neuralink klinik sinovlar uchun koʻngillilarni qidirishni boshlaydi.
Mart oyi boshida FDA Neuralink neyrochipni odamlarda sinab koʻrishni taqiqlagan edi. Tashkilotning tushuntirishicha, loyihani amalga oshirish kompaniya sinovdan oldin hal qilishi kerak boʻlgan oʻnlab muammolarni keltirib chiqaradi.
2021-yilning aprel oyida Neuralink chip yordamida mustaqil tarzda video oʻyin oʻynayotgan maymun videosini eʼlon qildi. Birinchidan, eksperimental hayvonga boshqarish uchun joystik berildi va topshiriq muvaffaqiyatli bajarilgandan soʻng, tadqiqotchilar uni shirinlik bilan siylashdi. Keyin joystik olib tashlandi va makaka miya kuchi yordamida kursorni ekranda harakatga keltira oldi.
Maskning taʼkidlashicha, uning texnologiyasi koʻzi ojiz yoki falaj boʻlgan odamlarga toʻliq hayotga qaytish imkonini beradi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q