Jamiyat
Joriy yilning 18-may kuni Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida yashovchi fuqaro IIVga ariza bilan murojaat qilgan.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, shu yilning aprel oyida oʻzini Prezident administratsiyasi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs va uning sherigi Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik va Beshariq tumanlari hokimlari referendum oʻtganidan soʻng lavozimidan boʻshatilishini, ularning oʻrniga nomzod qidirib yurishganini aytgan.
Ular ariza muallifini Uchkoʻprik tumaniga hokim etib tayinlash evaziga 80 ming AQSH dollari, shundan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 25 ming AQSH dollari talab qilgan.
Arizaga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan 25 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan. Ularning yonidan bir necha fuqarolarning rahbar lavozimlariga tayinlash uchun Prezident administratsiyasiga yozgan arizalari tekshirish uchun olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q