Jamiyat
Kuni kecha, 25-may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.
Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi prokuratura xabarida.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
111599
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q