Jamiyat
Buxoro shahridagi Yoshlar ijod markazida “Central Asia – 2023: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Ozarboyjon, Armaniston, Turkiya, Belarus, AQSH, Rossiya, Tojikiston davlatlaridan 60 dan ziyod hamda mamlakatimizdan 400 ga yaqin arxiviarus, axborot-kutubxona rahbarlari va xodimlari, shuningdek, boshqa mutasaddi soha vakillari ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Niderlandiya va Litva davlatlaridan ham onlayn tarzda ishtirokchilar qatnashdi.
Xalqaro konferensiyani Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Xodjayev ochib berdi hamda barcha qatnashchilarni chin maʼnodagi maʼrifat bayramida ishtiroklari bilan qutladi.

Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73051
Jamiyat
//
Izoh yo‘q