Siyosat
Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi majlisida maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarini tuzish hamda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzishga oid masalalar koʻrib chiqilgan.
Majlisda Oʻzbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi hamda mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.
Xususan, Avstriya, Afgʻoniston, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kuvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarboyjon, Pokiston, Polsha, Singapur, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Ummon, Fransiya, Hindiston, Shveysariya, Shvetsiya, Eron va Yaponiyada — 1 tadan; AQSH, BAA, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston, Saudiya Arabistoni, Turkiyada — 2 tadan; Qozogʻiston va Xitoyda — 3 tadan; Rossiyada — 7 ta saylov uchastkalari tuziladi.
Majlisda, shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari tuzildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112281
Jamiyat
94959
Jamiyat
91077
Jamiyat
75839
Jamiyat
//
Izoh yo‘q