Jamiyat
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–844-son, 24.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bogʻliq munosabatlar, shuningdek, sohaga masʼul organlarning vakolatlari belgilandi.
Qonunga koʻra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:
Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bogʻlarda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
Alkogol mahsulotlarining isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91322
Jamiyat
76017
Jamiyat
//
Izoh yo‘q