Jamiyat
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Jenevada oʻtayotgan Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqotda asosiy eʼtibor mamlakatimizda ushbu tashkilot koʻmagida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratilgan.
«A.Inoyatov Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishda koʻrsatilayotgan begʻaraz yordam uchun T.Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi.
JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga oʻrnak boʻlishini taʼkidladi”, deyiladi xabarda.
Muloqot yakunida JSST bilan Oʻzbekistonning samarali hamkorligini taʼminlashga qoʻshayotgan hissasi uchun Tedros Gebreyesusga “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q