Ilm-fan
Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yo‘llanma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun komissiya tuzadi.
Bitiruvchilar yo‘llanma olish uchun komissiyaga 20 iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.
Arizalar 20-iyundan 30-iyunganacha quyidagi asosiy talablar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi:
– har bir fan bo‘yicha reytingi 71 va undan yuqori bo‘lishi (sirtqi yoki masofaviy ta’limda o‘qiganlar uchun 85 va undan yuqori);
– chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lishi;
– ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud bo‘lishi;
–ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak.
Yo‘llanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi. Yo‘llanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgustda o‘tkaziladi. Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.
Suhbat natijalari 30-avgustgacha abiturientni o‘qishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q