Jamiyat
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 241-maktabda boʻlib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tadbir avvalida vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirgan va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tilagan.
“Hilola Umarova Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar bilan ham uchrashib, ularning 4 nafarini “Xalq taʼlimi fidoyisi”, 13 nafarini esa “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur maktabni bu yil 39 nafar 11-sinf oʻquvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan, 4 nafari xalqaro IELTS sertifikatiga ega va 1 nafari fan olimpiadasida oltin medal sohibi hisoblanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q