 
                   
                    Madaniyat
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shoir Shuhrat Orif va xonanda Baxtiyor Rahmonov ishtirokida “Sog‘inmasdan yashab bo‘lmaydi” mavzusida she’r va qo‘shiq kechalari bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Qo‘qondagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida o‘tkazilgan anjumanda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagog va talabalari, ijodkorlar, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar qatnashdi.

Tadbirda shoir yangi she’laridan o‘qib berdi. Xonanda Baxtiyor Rahmonovning diltortar qo‘shiqlari davraga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari Mas’udjon Sulaymonov adabiy-musiqiy tadbirlar aholining, ayniqsa, yoshlarning ruhiy olamini boyitishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Navbatdagi she’r va qo‘shiq kechasi Namangan shahridagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Ziyovuddin Mansur, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova va boshqa so‘zga chiqqanlar ijodiy uchrashuvlarning yoshlarda kitobxonlikka qiziqishni kuchaytirishdagi o‘rni muhimligini bildirishdi.

 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q