Buxoroda oilaviy “poliklinikada” fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Saqlash
20:37 / 23.05.2023 1344 0

Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi oilaviy shifokorlik punktlarining birida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatining Romitan tumani “Mirishkor” mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan N.F. ismli erkak ushbu mahalla hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Musicha” oilaviy shifokorlik punkti (OShP)da 2023-yil 11-may kuni soat 01:00 larda boshqa fuqarolar B.Ch. ismli erkakning O.Sh. ismli ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 90 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan. Buning evaziga ularga alohida xona bo‘shatib, shart-sharoit yaratib bergan va bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan N.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//