Jamiyat
Xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari g‘oyalari taʼsiriga tushib, internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan hamda ularning taʼsirida 2016-yilda Suriya hududiga o‘tgan. U yerda xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida ushlangan.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q