Ilm-fan
Joriy o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 1-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etiladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 15-may kungi "Umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi 125-sonli buyrug‘ida nazarda tutilmoqda.
Unga ko‘ra, Respublika taʼlim markazi bir hafta muddatda 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat taʼlim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritadi.
Shuningdek, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari fani”ni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqadi.
2023-yilning 25-avgustiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘qituvchilarga sertifikat beriladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q