Jamiyat
Joriy yilning 19-may kuni Sayxunobod va Sardoba tumanlarida Maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi.
Maskanlarning ochilishida mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, qabul qilinayotgan hujjatlar haqida soʻz bordi.



Inshoot zamonaviy “Maʼrifat kutubxonasi”, majlislar zali, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan maxsus xonalardan iborat. Shuningdek, birinchi va ikkinchi Renessans asoschilari, jadidchilik harakati aʼzolari va maʼrifatparvar vatandoshlarimizning hayoti, ijodiy faoliyati, “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar haqidagi fotolavhalar, prezidentning sohaga oid farmon va qarorlari oʻrin olgan.
Ochilish marosimi davomida milliy qadriyatlar koʻrgazmasi, “Kitobxonlik” kechasi, “Maqom” kechasi, “Mushoira” kechasi va “Otalar soʻzi – aqlning koʻzi” mavzusida suhbatlar oʻtkazildi.



Maʼlumot uchun, viloyatda shu kunga qadar Sirdaryo, Boyovut, Xovos, Mirzaobod tumanlari hamda Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari tashkil etilib, foydalanishga topshirilgan. Joriy yilda Oqoltin va Guliston tumanlarida ham shunday maskanlar ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73051
Jamiyat
//
Izoh yo‘q