Jamiyat
OTMlarning bakalavriat bosqichiga bu yilgi qabul 20-iyundan boshlanib 20-iyulgacha davom etadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov xalqaro press klubning qabul masalalariga bagʻishlangan sessiyasida maʼlum qildi.
“Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa 10-iyulgacha hujjatini topshirib boʻlishi kerak”, — dedi Majid Karimov.
Shuningdek, agentlik direktori abituriyentlarda taʼlim yoʻnalishi bilan birga taʼlim shaklini tanlash imkoni ham borligini maʼlum qildi.
“Ilgari har bir abituriyent 5 tagacha yoʻnalish tanlashi mumkin edi va bu yoʻnalishlar bir taʼlim shakli doirasida cheklanardi. Masalan, kunduzgi taʼlim shaklini tanlasa, 5 ta yoʻnalish ham aynan kunduzgi boʻlishi kerak edi. Kechkini tanlasa, hammasi kechki shaklda boʻlishi kerak edi. Endi abituriyent istalgan taʼlim yoʻnalishi bilan birga istalgan taʼlim shaklini ham tanlashi mumkin”, — dedi Majid Karimov.
Ayni paytda Oʻzbekistonda taʼlim shakllari 4 tani (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy) tashkil qiladi. Abituriyentlarga taʼlim yoʻnalishlari bilan birga taʼlim shakllarini ham tanlash imkoni prezident qarori bilan 2022-yilgi qabuldan amalga kiritilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q