Jamiyat
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (208–son, 20.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.
Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.
Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91322
Jamiyat
76017
Jamiyat
//
Izoh yo‘q