Jamiyat
UzAuto Motors 25-may sanasidan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi doirasida yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillarning kengaytirilgan komplektatsiyalar qatori uchun 25-may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlaydi.
Qayd etilishicha, Chevrolet Onix avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va Chevrolet Tracker'ning uch komplektatsiyalariga qoʻshimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin.
Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq boʻlgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi oʻzgarishsiz qoladi.
Yangilangan Primer Plus va Redline komplektatsiyalari ham xuddi boshqa komplektatsiyalaridek UzAuto Motorsʼning Asakada joylashgan avtozavodida kuzov payvandlash, boʻyash va yigʻish kabi ishlab chiqarishning toʻliq sikli asosida ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish Asaka avtomobil zavodida 620 million dollardan ortiq yoʻnaltirilgan sarmoya tufayli ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish natijasida amalga oshirilgan GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yoʻlga qoʻyiladi.
2023-yilning sentabrida Premier Plus va Redline komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.
Maʼlum qilinishicha, quyida keltirilgan modellar uchun kontraktatsiya shartnomasini tuzish mumkin:
Chevrolet Tracker
LS
LS Plus
LTZ
LTZ Plus
Premier
Premier Plus
Redline
Chevrolet Onix
Premier 1
Premier 2
Premier 2 Plus
Redline.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan barcha asosiy opsiyalariga qoʻshimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa oʻrindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old "labovoy" oyna isitish tizimi opsiyalari bilan, shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qoʻshimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q