«O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi

Saqlash
17:57 / 22.05.2023 1218 0

O‘zbekiston bo‘yicha 22-26-may kunlariga ob-havo prognozi ma’lum qilindi.

 

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

 

Faqat 23-34-may kunlari respublikamizning sharqiy hududlarining eng chekka qismida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Qozog‘iston hududi ustidagi joylashgan antitsiklonning ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati 25-30 daraja atrofida bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana 31-33gacha ko‘tariladi.

 

23-24-may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida hafta davomida mahalliy momaqaldiroqli yomg‘irlar bilan kuchsiz berqarorlik bo‘lishi kuzatiladi.

 

Poytaxtimizda haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24-may kunlari shamol tezligi 12-14 m/s gcha kuchayishi mumkin. Bugun kunduzi havo harorati 31-33 daraja bo‘ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan 26-30 daraja atrofida bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//