Madaniyat
Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahrida “Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari!» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda. Bugun, 20-may kuni mazkur anjuman doirasida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi tashkil etildi.
Loyihada bir guruh “Maʼrifat targʻibotchilari” ishtirok etib, Buxoro shaharida joylashgan “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi”ga tashrif buyurishdi. Mazkur internat uyida jami 280 nafar bola istiqomat qiladi.
Ushbu internat uyida xalq suygan sanʼatkorlar bilan bir qatorda yosh ijodkorlar ham qoʻshiqlar kuylashdi, sheʼrlar oʻqishdi.
Targʻibotchilarning keyingi manzili “Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi” boʻldi. Unda 305 nafar nogironligi boʻlgan ayollar istiqomat qiladi.
"Internat uyimiz 1970-yillardan buyon faoliyat olib boradi. Uyimizda 18 yoshdan 82 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar yashaydi. Ularning barchasining ruhiyati nuqsoni bor. Yana bir muhim omil bizning uyimizga butun respublikadan kelishadi.
Ish jarayonimizda barchada boʻlgani kabi qiyinchiliklar boʻladi. Lekin hozir bir oiladek boʻlib ketganmiz. Dam olish kunlari sogʻinamiz ham”, dedi direktor oʻrinbosari.
Ikkala manzilda ham taniqli olimlar, ziyolilar, madaniyat va sanʼat namoyondalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi, qoʻshiqlar kuylanib, sheʼrlar oʻqildi. Shuningdek loyihada “Muruvvat va saxovat” uylariga esdalik sovgʻalari kitoblar, oʻquv qurollari sovgʻa qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q