Madaniyat
Bugun Buxoro shahrida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tashabbusi bilan “Uchinchi renessans maʼrifatli jamiyat sari” mavzusidagi Respublika anjumani doirasida “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, Oʻzbekiston Qahramonlari, professorlar va sanʼatkorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Qahramonlari hamda ularning oila aʼzolariga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi. Ular koʻrsatgan fidoyilik hamda matonat uchun tashakkur izhor etildi.
Shundan soʻng milliy estrada sanʼatimiz asoschilaridan biri, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk sanʼatkor Botir Zokirov tavalludining 87 yilligiga bagʻishlab Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirokida sahnalashtirilgan “Sulola” nomli bir aktyor spektakli namoyish etildi.
“Oʻzining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʻzbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etishga qoʻshgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini bot-bot tilga olishdan faxrlanaman. Koʻrsatib berayotgan sahna koʻrinishlarim kimgadir ibrat, kimgadir oʻrnak boʻladi degan umiddaman”, dedi Gavhar Zokirova.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q