Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekistonga olib kirish va tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxatini eʼlon qildi

Saqlash
21:13 / 19.05.2023 2597 0

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxatini ham eʼlon qildi.

 

2023-yil 17-may holatiga koʻra aktual hisoblangan roʻyxatga Telegram, Instagram, Facebook, Youtube, Tik-tok, Odnoklassniki va boshqa manbalardagi materiallar manzillari kiritilgan.

 

Oʻzbekistonda ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet saytlari, kanallar, profillarni aniqlash va ularni faoliyatiga chek qoʻyish yuzasidan masʼul tashkilotlar qator ishlar amalga oshirmoqda. Xususan, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, DXX, IIV, AOKA hamkorligida internetda radikal diniy mazmundagi kontentlar aniqlanib, Oliy sud qarori bilan ular ekstremistik va terroristik materiallar deb topiladi.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga koʻra, Oliy sudning 60 ga yaqin qarori chiqarilib, ularga muvofiq 500 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan hamda ularni Oʻzbekiston hududida tayyorlash, tarqatish, saqlash, olib kirish va namoyish etish taqiqlangan.

 

Qoʻmita sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan va Oʻzbekistonda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatini OAVlarda eʼlon qilib, uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlash – prezident qarorida belgilangani eslatgan.

 

Shuningdek, bayonotda fuqarolardan shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni soʻralgan.

 

Bundan tashqari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxatini ham eʼlon qildi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//