Jamiyat
2023-yil 19-may kuni Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etdi.
Majlisda muddatidan ilgari prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi tasdiqlandi.
Ta’kidlanishicha, 2019-yilda vakillik organlari saylovida davlat budjetidan ajratilgan umumiy mablag‘larning 19,8 foizi, 2021-yildagi prezidentlik saylovida 26 foizi va joriy yilda bo‘lib o‘tgan referendumda 13,5 foiz budjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
Markaziy saylov komissiyasi Saylov kodeksi talablariga rioya qilgan holda muddatidan ilgari prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 milliard 130 million so‘m miqdorida ishlab chiqdi. Qayd etilishicha, mazkur mablag‘ avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kam.
Yig‘ilishda umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar — 19 mlrd 655 mln so‘mni tashkil etishi ta’kidlandi. Bunda, har bir nomzodga 4 mlrd 914 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.
Xarajatlar smetasiga ko‘ra mablag‘larning deyarli 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini tashkil etish uchun ajratilmoqda. Ushbu mablag‘larning 76 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari (a’zolarning aksariyat qismi o‘qituvchi, shifokor, faol fuqarolar tarkibidan shakllantirilgan) mehnati uchun to‘lab beriladigan kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanishi uchun rejalashtirilgan.
Xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida qonun talablaridan kelib chiqib, avvalgi siyosiy tadbirlarda amalga oshirilgan sarf-harajatlarni maqbullashtirishni hisobga olgan holda barcha mablag‘ talab etiladigan jihatlari e’tiborga olingani qayd etildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q