Alisher Sultanov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Saqlash
14:55 / 19.05.2023 1999 0

Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Prezidentining neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan. 

 

Dasturga ko‘ra, Alisher Sultanov “O‘zbekiston yonilg‘i-energetika kompleksini dinamik geosiyosiy va geoiqtisodiy voqeliklar sharoitida strategik rejalashtirish” panel sessiyasida ishtirok etadi.

 

U 2019-yilning fevralidan 2022-yilning apreligacha energetika vaziri lavozimida ishlagan. Rasmiy xabarda uning sog‘lig‘i sababli boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan bu lavozimni tark etgani aytilgan.

 

Alisher Sultonov (1967-yilda tug‘ilgan) A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan (1989). 1996-yilda neft va gaz sanoatida ish boshlagan.

 

2002−2013-yillarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” unitar sho‘ba korxonasiga rahbarlik qilgan. 2013−2015-yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ Prognozlashtirish, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, 2015−2018-yillarda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.

 

2017−2019-yillarda bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//