Jamiyat
Andijonda o‘ziga o‘t qo‘ygani aytilayotgan Hindiston fuqarosining kuygan jasadi topildi, deb xabar qildi Andijon viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 9-may kuni Hindistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro (1986-yilda tug‘ilgan erkak) Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 2002-yilda Hindistonda tug‘ilgan talaba qizning oldiga kelib, unga turmush qurish istagida kelganini bildirgan va institut yaqinidagi mehmonxonada yashab kelgan.
“Qizdan rad javobini olganidan so‘ng uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lib, Hindistonlik boshqa talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligi, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytib kelgan va „Zahiriddin Muhammad Bobur“ nomidagi istirohat bog‘i hududiga kiruvchi adirlikda noma’lum suyuqlik yordamida o‘zini yoqib, voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi xabarda.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki a’zolarida biror bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hozirda sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q