O‘zbekiston Tojikistondan yana elektr ola boshladi

Saqlash
21:40 / 18.05.2023 2079 0

Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, yozgi melioratsiya davrida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018-yildan buyon mavjud bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

 

Shu munosabat bilan, 2023-yil 12-may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlanish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylarida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//