Jamiyat
Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli S.N. huquq-tartibot idoralariga uning kartasidan pul noqonuniy yechib olingani haqida ariza bilan murojaat qildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, fuqaroga oʻzini Slick toʻlov tizimi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs nomaʼlum raqamdan qoʻngʻiroq qilgan, shundan soʻng kartasidan 1,2 million soʻmni yechib olgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatga aloqador shaxslar Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi 31 yoshli V.M., 54 yoshli Yu.M. va 25 yoshli R.K ekani aniqlandi.
Ular odamlarga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini Slick toʻlov tizimining xavfsizlik xodimlari sifatida tanishtirib kelgan. Bank plastik kartasiga kiberhujum amalga oshirilayotganini, fuqarolarni aldagan holda SMS maxfiy kodlarni qoʻlga kiritgan. Ushbu maxfiy kodlar yordamida fuqarolarning elektron pullarini, boshqa bank kartalari va kriptoxamyonlarga oʻtkazgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalimizga aʼzo boʻling.
Har uchala shaxs ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi va boshqa moddalari bilan javobgarlikka tortildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q