“Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi

Saqlash
12:05 / 18.05.2023 2115 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida “Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha eng faol targʻibotchi” tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi.

 

Mazkur tanlovning tuman (shahar) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida 7 ming nafardan ziyod targʻibotchi ishtirok etdi. Tanlovning faqat hududiy bosqichlarining oʻzida jami 578 nafar ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi qatnashib, shularning 181 nafarini shoir, yozuvchi, 89 nafarini jurnalist, 58 nafarini ijodkor, 250 nafarini esa oʻqituvchilar tashkil qildi.

 

15–16-may kunlari boʻlib oʻtgan respublika bosqichida hududlarda gʻolib boʻlgan 28 nafar (har bir hududdan bir erkak va bir ayol) targʻibotchi oʻzaro bellashdi.

 

Ishtirokchilar uch yoʻnalishda baholandi. Birinchi yoʻnalishda hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokchilarning tayyorlab kelgan hujjatlari bilan tanishib, ularning faoliyatiga baho berishgan boʻlsa, ikkinchi yoʻnalishda ular mamlakatda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, ajdodlar tarixi, badiiy ijod boʻyicha tayyorlangan test savollariga javob berishdi. Uchinchi yoʻnalishda esa ishtirokchilar oʻzlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish bilan bir qatorda, maktabdagi faoliyatlari toʻgʻrisida tayyorlab kelgan videorolik, taqdimot va boshqa materiallarini namoyish etdi.

 

Tanlov gʻoliblari monoblok kompyuter, noutbuk, maxsus tayyorlangan statuetkalar bilan, nominatsiya gʻoliblari esa planshet, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, tanlovning barcha ishtirokchilariga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 3–1 mln soʻmlik kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

 

 

 

 

“Eng faol ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi” tanlovining gʻoliblari:

 

Bosh sovrin sohibi – Muyassar Ergasheva, Namangan viloyati Chust tumanidagi 67-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

1-oʻrin sohibi – Bayramali Qoʻldoshev, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 24-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

2-oʻrin sohibi – Ulboʻgʻan Yusupova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidagi 4-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

2-oʻrin sohibi – Berdiqulov Otabek, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 38-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

 

3-oʻrin sohibi – Sarvinoz Mamanova, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi 52-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

3-oʻrin sohibi – Tozagul Jumanova, Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 79-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

 

 

“Eng faol ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi” tanlovining nominatsiya sovrindorlari:

 

“Kitobi koʻp chop etilgan targʻibotchi” – Gulshat Kenjibekova, Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 9-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Yoshi ulugʻ targʻibotchi” – Xudoyqul Mamadiyorov, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 84-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Tashabbuskor targʻibotchi” – Mivagul Baymurzayeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 32-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Innovatsion yondashuv yoki kutilmagan yangicha uslub” – Oʻlmasbek Abdurahmonov, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi 16-maktab ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Maqsadli yondashuv” – Nodir Ilhomov, Jizzax viloyati Forish tumanidagi 7-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Faoliyati ommaviy axborot vositalarida eng koʻp yoritilgan targʻibotchisi” – Ravshanbek Mahmudov, Sirdaryo viloyati Guliston tumani ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Milliy adabiyot targʻibotchisi” – Obid Qoʻldoshev, Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 7-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Eng faol targʻibotchi” – Shodiya Sultonova, Xorazm viloyatidagi 17-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Eng faol targʻibotchi” – Manzura Bekjonova, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi 33-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi;

 

“Eng faol targʻibotchi” – Muniraxon Qoʻqonova, Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi 2-IDUMIning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish