Oʻzbekistonning ayrim hududlarda 18-may yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Saqlash
21:21 / 17.05.2023 1551 0

Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 18-may, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12…+14 daraja, kunduzi +23…+25 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +17…+22 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17 daraja, kunduzi +23…+28 daraja boʻladi.

 

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, baʼzida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.

 

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17…+22 daraja, kunduzi +25…+30 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +20…+25 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yuqori togʻli (2000 metrdan baland) hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6…+11 daraja, kunduzi +11…+16 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//