Shavkat Mirziyoyev YTTB kengashining Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riu bilan uchrashdi

Saqlash
21:03 / 17.05.2023 1463 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi.

 

Yangi Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi” doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir. Qo‘shma loyihalar portfeli o‘tgan yilda o‘ttiz foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

 

 

“Yashil” iqtisodiyot, kommunal sohani, shu jumladan, suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Uchrashuvda biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ilgari surish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy etish, agentlikning “PROPARKO” va “Ekspertiz Frans” tuzilmalari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//