UzAuto Motors Cobalt va Lacetti narxlari oshishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Saqlash
20:54 / 17.05.2023 2053 1

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyundan boshlab Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa $20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya matbuot xizmati bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

 

“UzAuto Motors bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmagan. Ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini ta’kidlab o‘tish kerak. Turli sahifa egalarini odamlar e’tiborini tortish uchun ular qiziqqan yo‘nalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
 

1 Izoh

Bekzod

12:01 / 01.01.1970

Shu narxida ham mina olmasdan yurganlar ko'pchilik. Chetda bunchalik qimmat emas 4 ta chalasavod kotta bollani moshenasi degandi 20 ming bo'b ketdi 1ta jentra. Chetda hech kim minmasa ham uzb enggggg ajoyibi, bu mashinalarni chet eldagilar eshitib qo'rqib ketyabdi ‘‘GM‘‘bizdan o‘zib ketyabdikan deb.....

Izoh qoldirish

//