Suriyada zilziladan 3 oy oʻtib, vayronalar ostidan tirik odam topildi

Saqlash
11:05 / 17.05.2023 1667 0

Suriyadagi zilziladan deyarli uch oy oʻtib, soch-soqoli oʻsib, ozib ketgan erkak vayronalar ostidan olib chiqildi. Erkakning shu paytgacha qanday omon qolgani tafsilotlari hozircha nomaʼlum.

 

“Akhbar.fouri” nashrining yozishicha, u kuzatuv va reabilitatsiya uchun shifokorlarga topshirilgan.

 

Joriy yilning fevral oyi boshida Turkiya janubi-sharqida, Suriya chegarasiga yaqin joylashgan Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali vayronkor zilzilalar sodir boʻlgan edi.

 

Seysmik hodisa qoʻshni Suriyaga ham taʼsir qilgan va u yerda ham ikkita shaharda binolar qulab tushgan edi.

 

Mart oyi holatiga koʻra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 50 783 kishini tashkil etgan, Suriyada esa 5,8 ming kishidan oshgan. Jami zilzilalar oqibatida Suriyada 400 mingdan ortiq odam jabr koʻrdi. 1,5 ming kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish